Jahon | 19:43
3608
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida 2024 yilda qancha inson qatl etilgani ma’lum bo‘ldi

Saudiya hukumati bayonotiga ko‘ra, o‘lim hukmlari «jamoat tartibini saqlashga» xizmat qiladi.

Foto: EPA/UPG

AFP agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 2024 yilda oxirgi 30 yil ichida eng ko‘p inson qatl etilgan. 28 sentabr kuni ham yana uch kishi qatl etilgan bo‘lib, podshohlikda joriy yilda jami qatl etilganlar soni 198 kishiga yetgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Saudiya Arabistonida 170 kishi, 2022 yilda esa 196 nafar fuqaro nisbatan o‘lim jazosi qo‘llangan.

Saudiya podshohligi o‘lim jazosini qo‘llash soni ko‘pligi bois anchadan buyon tanqidlar ostida qolib keladi. Reprieve inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti yangi «rekord» haqidagi xabarlar fonida mamlakat rahbariyatining modernizatsiya borasidagi yo‘nalishi — quruq gap ekanini bildirib, «va’dalarga rioya qilinmayotganini» ta’kidladi.

AFP ma’lumotlarida keltirilishicha, Saudiya Arabistoni joriy yilda 32 kishini terrorizmda va yana 52 kishini esa giyohvand moddalar savdosi ayblovida qatl etgan. Saudiya hukumatining bayonotiga ko‘ra, o‘lim hukmlari «jamoat tartibini saqlashga» xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistonida qatl etilgan soni ko‘pligi mamlakatning amaldagi hukmdori, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning so‘zlariga zid keladi. 2022 yilda u The Atlantic jurnaliga bergan intervyusida o‘z mamlakatida o‘lim jazosi faqat qotillik yoki ko‘plab insonlar hayotiga xavf tug‘dirganlarga qo‘llanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid