Jamiyat | 17:06 / 29.09.2024
4713
2 daqiqa o‘qiladi

Tataristonda og‘ir avtohalokatga uchragan O‘zbekiston fuqarosi va uning onasi vatanga qaytarildi

Bemorning onasi o‘g‘lini O‘zbekiston olib ketish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab Qozondagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. Uning murojaati ijobiy hal etilgan.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Tatariston hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz va uning onasi vatanga qaytarilgan. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 sentabr kuni Tatariston hududidan o‘tuvchi trassada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda O‘zbekiston fuqarosi T.J. og‘ir tan jarohati olgan va u zudlik bilan Almetevsk tumanlararo ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorning onasi o‘g‘lini O‘zbekistonga olib ketish uchun moliyaviy ko‘mak so‘rab Qozondagi Bosh konsulxonaga murojaat qilgan. O‘zbekiston diplomatlari jabrlangan fuqaroga barcha turdagi konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatgan. Xususan, shifokorlar va boshqa idoralar bilan zarur uchrashuvlar o‘tkazilgan hamda holat doimiy nazoratga olingan.

Shuningdek, mazkur ariza asosida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan bemor T.J.ni mamlakatimizga qaytarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilgan.

Natijada YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan T.J. hamda uning onasiga "Qozon–Toshkent" aviaqatnoviga chipta olib berilgan va ular 26 sentabr kuni vatanga qaytarilgan.

Mavzuga oid