Latviya prezidenti velosipeddan yiqilib qo‘lini sindirib oldi
Davlat rahbarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi jarohat prezidentning ish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

Foto: X ijtimoiy tarmog‘i
Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs velosipeddan yiqilib o‘ng qo‘lining bilagi va chap qo‘lining barmog‘ini sindirib oldi, deb xabar beradi Delfi portal.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa 28 sentabr kuni Rinkevichs velosayohatga chiqqanida sodir bo‘lgan. Noqulay yiqilish oqibatida davlat rahbari tibbiy yordamga murojaat qilgan, shifokorlar uning qo‘li singanini aniqlab, gips bog‘lagan.
«Velosiped mavsumi yakunlandi. Travmatologiya va ortopediya shifoxonasi jamoasiga u qadar aqlli bo‘lmagan mijozga ko‘rsatgan yordami uchun katta rahmat», — deydi prezident.
Rinkevichsning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi Martinsh Dregerisning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, jarohat davlat rahbarining ish jarayoniga ta’sir ko‘rsatmaydi, u oldingidek bemalol yozib, hujjatlarni imzolay oladi. Ta’kidlanishicha, Rinkevichsning keyingi haftadagi kun tartibiga ham hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmagan.
Mavzuga oid

21:42 / 18.03.2025
Latviya Rossiya va Belarus chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopdi

23:05 / 16.03.2025
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi

18:55 / 21.02.2025
Latviya Seymi rossiyaliklarning ko‘chmas mulk sotib olishini taqiqlovchi qonunni qo‘llab-quvvatladi

17:34 / 20.02.2025