Jahon | 11:50 / 30.09.2024
1101
2 daqiqa o‘qiladi

Nepalda suv toshqinlari 100 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nepal poytaxti Katmandu yaqinida daryolar qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Qutqaruvchilar vertolyotlar va motorli qayiqlardan foydalangan holda 3 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

Foto: Prakash Mathema / AFP / Scanpix / LETA

Nepalda kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 101 kishi halok bo‘ldi, yana 64 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi 29 sentabr, yakshanba kuni politsiya. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.

Ayniqsa, Nepal poytaxti Katmandu atrofidagi hududlar jiddiy zarar ko‘rdi, daryolar qirg‘oqlaridan toshib, uylarni suv bosdi. Ko‘chkilar tufayli bir qancha avtomobil yo‘llari to‘sib qo‘yilgan. Odamlar balandroq yerga ko‘tarilishga intilib, ko‘ksigacha suvga botib qolmoqda. 29 sentabr kuni ertalabki holatga ko‘ra, deyarli 3300 kishi qutqarib olindi.

Keng miqyosdagi qutqaruv operatsiyasi

Qutqaruv operatsiyasiga 3 ming kishi, vertolyotlar va motorli qayiqlar jalb qilingan. Ba’zi qutqaruvchilar jabrlanganlarni xavfsiz joylarga tashish uchun yog‘ochlardan foydalanyapti. Katmandudan va shaharga ichki reyslar tiklandi. Ikki kun oldin parvozlar bekor qilingani sababli yuzlab odamlar aeroportlarda qolib ketgan edi.

Janubiy Osiyoda suv toshqinlari iyundan sentabrgacha davom etadigan yomg‘irlar mavsumida tez-tez sodir bo‘ladi. Bu davrda hududga yillik yog‘ingarchilikning 70-80 foizi tushadi. Mutaxassislarning fikricha, iqlim o‘zgarishi tobora ko‘proq va shiddatliroq toshqinlarga olib kelmoqda.

Mavzuga oid