Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
Shuningdek, kelajakda O‘zbekistonga ham gaz yetkazib bermoqchi.
Qozog‘iston Xitoy bilan gaz eksportini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va gaz tashish tizimi quvvatini oshirish uchun qo‘shimcha quvur qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda QazaqGaz milliy gaz operatori bosh direktori Sanjar Jarkeshovga tayanib Bloomberg xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Qozog‘iston Xitoy talabini qondirish uchun Rossiya va Turkmaniston bilan raqobatlashmoqchi, garchi G‘arb davlatlari Rossiya gazidan voz kechganidan keyin aynan Xitoy Rossiya uchun asosiy savdo bozoriga aylanganiga qaramasdan.
QazaqGaz kelgusida Xitoydan tashqari gazni O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga ham eksport qilmoqchi. Hozir Qozog‘iston Xitoyga yiliga 4 milliard kubometr gaz yetkazib beradi va buni «sezilarli darajada oshirishini» ko‘zlamoqda.
Bundan tashqari, QazaqGaz Xitoyga gaz yetkazib berishni kengaytiradigan yangi, ikkinchi quvurni qurishni rejalashtirmoqda. Uning qurilishi ikki-uch yil davom etadi va 3-6 milliard dollarga tushadi.
Mavzuga oid
21:03 / 26.11.2024
Xitoyda Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
12:25 / 26.11.2024