Sport | 20:32 / 01.10.2024
4901
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik ikki sportchi O‘zbekiston milliy jamoasiga o‘tadi

Short-trekning ikki nafar vakili O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi.

Denis Ayrapetyan / Foto: RIA Novosti

Rossiyalik short-trekchilar Denis Ayrapetyan va Daniil Yeybog O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibiga qo‘shiladi.

Match TV telekanali xabariga ko‘ra, Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi (SKR) sportchilar uchun ikki yillik karantinni ma’qullagan. Demak, ular ushbu muddatdan keyingina yangi jamoa tarkibida ishtirok etishi mumkin.

Daniil Yeybog short-trek bo‘yicha Yevropa chempioni, Ayrapetyan esa Yevropa chempionati sovrindori hisoblanadi.

Hozir rossiyalik short-trekchilar boshqa sportchilar qatori sanksiyalar tufayli xalqaro musobaqalarda qatnasha olmayapti.

Mavzuga oid