Jahon | 13:48
2794
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Everest dunyodagi eng baland cho‘qqiga aylangan? Olimlar javob berdi

So‘nggi 90 ming yil ichida Everest yana 15-50 metrga o‘sdi. Olimlar anchadan buyon buning sababini qidiradi.

Foto: Dan Rafla

Yer yuzidagi eng baland cho‘qqi Everest boshqa cho‘qqilardan kamida bir necha yuz metr yuqoriroq. Buning sababini olimlar uzoq vaqtdan buyon fan tushuntirib bera olmayotgan noodatiy hodisa deb ta’kidlaydi. Endilikda tadqiqotchilar bu savolga ehtimoiy javobni topdi.

Everestning eng baland nuqtasi 8849 metrga yetadi. Cho‘qqi Hind va Yevrosiyo tektonik plitalarining to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan Himolay tog‘ tizmasida joylashgan. Everest hozirga qadar o‘sishda davom etmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, uning balandligi har yili 1 millimetrga oshib boradi. Biroq GPS ma’lumotlari aslida bu jarayon ikki barobar tezroq kechishini ko‘rsatdi.

Ta’kidlanishicha, Everest so‘nggi 89 ming yil davomida 15-50 metrga balandlashgan. Bu g‘ayrioddiy ko‘rsatkich bo‘lib, tadqiqotchilar faqat bugungi kunga kelib bunga nima sabab bo‘lganini aniqlay oldi. London Universitet kolleji va Xitoy geologiya fanlari universiteti mutaxassislarining fikricha, buning barchasi Everestning sharqidan oqib o‘tuvchi Arun daryosi bilan bog‘liq.

Taxminan 89 ming yil oldin bu daryo Kosi daryosi tizimiga qo‘shilib, undan suv olishni boshlagan. Tabiiy hodisa tuproqning yemirilishiga ta’sir ko‘rsatdi. Suv juda ko‘p yerni yuvib ketgan, bu esa tog‘ning o‘sishini tezlashtirgan. Bunda mantiyaga nisbatan bosim kamayib, ilgari turli massalar tomonidan bostirib turilgan katta quruqlik maydonlari yuqoriga ko‘tariladi.

 “Arun daryosining eroziyasi va Yer mantiyasining yuqoriga ko‘tariluvchi bosimi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir Everestga turtki beryapti va uni kutilganidan ko‘proq o‘stiryapti”, — dedi olimlar.

 

Mavzuga oid