Iqtisodiyot | 17:43 / 02.10.2024
4448
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Apple Pay, Google Pay va PayPal ishlay boshlaydi

Turizmni rivojlantirishga oid hukumat qarori bilan, Markaziy bankka shu yil oxirigacha PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay va Google Pay kabi xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari bilan muzokara o‘tkazib, ularni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulash choralarini ko‘rish topshirildi. Transport vazirligi esa Hertz, Avis va Sixt kabi avtoijara kompaniyalarini taklif etishi kerak.

Foto: Getty Images

26 sentabr kuni turizmni rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilingan. Qaror lex.uz portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024 yil yakuniga qadar:

  • avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar (Hertz, Avis, Sixt kabi) faoliyatini mamlakatning aeroport va temir yo‘l vokzallari hududlarida yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratish choralari ko‘riladi; (ijrochilar: Transport vazirligi va Turizm qo‘mitasi)
  • hududlar bo‘yicha turistik yo‘nalishlar va obektlarni qamrab oluvchi ro‘yxat shakllantirilib, Apple va Google xalqaro xaritalarga taqdim etiladi va muntazam ravishda reyestr yangilab boriladi; (ijrochilar: Turizm qo‘mitasi va Raqamlashtirish vazirligi)
  • xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari (PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara o‘tkazilib, ushbu vositalar O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi, zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi (ijrochilar: Markaziy bank, Raqamlashtirish vazirligi va Turizm qo‘mitasi).

Mavzuga oid