O‘zbekiston | 14:50 / 03.10.2024
1750
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya ingliz tilini o‘qitish dasturlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Biznes va savdo vazirligining Ijodiyot, sport va ta’lim masalalari bo‘yicha departamenti direktori Rupert Deniels bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Rasmiy Londonning O‘zbekiston bilan maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim sohalarida hamda kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

"Britaniya O‘zbekiston bilan ingliz tilini o‘qitish dasturlarini kengaytirish va universitetlararo aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor", dedi Rupert Deniels.

Uchrashuv yakunida joriy oktyabr oyida Britaniya Biznes va savdo vazirligi delegatsiyaning O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid