O‘zbekiston | 15:10
883
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya O‘zbekistonda YHX sohasida innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Visible Crossing kompaniyasi bosh direktori Laslo Nad bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik qilish va tarmoqda innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Laslo Nad kompaniya tomonidan ko‘plab yo‘l transport hodisalari tahlili qilingan holda, strategik rivojlanish yo‘nalishlari doimiy ravishda ishlab chiqilishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni oldini olish bo‘yicha aniq yechimlarni topishdan iborat.

Kompaniya ushbu yo‘nalishda o‘zining qator nou-xau takliflarini ishlab chiqqan.

Visible Crossing kompaniyasi bosh direktori mazkur sohada O‘zbekistonda loyiha amalga oshirishga ishtiyoqi balandligini va bunga investitsiyalarni yo‘naltirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Visible Crossing kompaniyasi rahbariyatining O‘zbekistonga safarini uyushtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimotini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid