Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
Rossiya FXX rahbarining ta’kidlashicha, afg‘on rasmiylarining harakatlari mamlakatda «tartib va barqarorlik» o‘rnatishga yordam bermoqda.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov MDH mamlakatlari xavfsizlik idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida Rossiyada «Tolibon» harakatini ushbu ro‘yxatdan chiqarib tashlash bo‘yicha ishlar yakunlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Bortnikovga ko‘ra, afg‘on rasmiylarining harakatlari mamlakatda «tartib va barqarorlik» o‘rnatishga yordam bermoqda. «Biz razvedka idoralari o‘rtasida pragmatik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish o‘zaro manfaatli bo‘lishiga ishonamiz. Bu, ayniqsa, xalqaro terrorchilik tashkilotlari, giyohvand moddalar va qurol kontrabandasiga qarshi kurash kontekstida dolzarbdir», deb qo‘shimcha qildi FXX direktori.
Bortnikov «Tolibon» taqiqlangan «Xuroson Viloyati» terrorchilik tashkilotiga ham qarshi turishga tayyorligini ta’kidladi. Bu tuzilma Afg‘onistondagi eng xavfli IShID bo‘linmalaridan biridir.
28 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Tolibon» harakati Afg‘onistondagi qonuniy hukumat, shuning uchun hozirgi voqelikdan kelib chiqib, ular bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish zarurligini aytdi.
Rossiyada «Tolibon» 2003 yilda terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024
So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
22:12 / 20.11.2024