Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva «Tamerlano» operasining premerasida ishtirok etdi
Operaning jahon premerasi bundan roppa-rosa 300 yil muqaddam 1724 yilda bo‘lib o‘tgan - bu G‘arbiy Yevropa musiqa san’atining Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurga bag‘ishlangan durdona asari.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
2 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rejissyor Stefano Poda talqinida «Tamerlano» operasining premerasi bo‘lib o‘tdi.


Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning yozishicha, Jorj Friderik Handelning (1685-1759) original musiqasi bastakor Kirill Rixter sayqalida, o‘zbek milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida orkestr tomonidan ijro etildi.
Operaning jahon premerasi bundan roppa-rosa 300 yil muqaddam 1724 yilda bo‘lib o‘tgan — bu G‘arbiy Yevropa musiqa san’atining Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurga bag‘ishlangan durdona asari edi.


"Bu premera biz uchun o‘tmish va bugunni bog‘laydigan muhim madaniy voqeadir", - deydi prezident yordamchisi.




Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025