Soxta havola yuborib o‘zganing qariyb 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.M. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 650 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi B.E. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan B.E. Telegram guruh va kanallarida “Alif nasiya” nomi ostida soxta havola tarqatib kelgan.
Bunga ishongan jabrlanuvchi ayol S.M. mazkur havola orqali o‘tib, iPhone 15 Pro Max telefon qurilmasini sotib olish uchun 16 mln 650 ming so‘m miqdoridagi kredit rasmiylashtirgan. Ammo pullar uning ruxsatisiz avtomatik tarzda yechib olingan.
Mazkur holat yuzasidan B.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:31 / 22.11.2024
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
19:06 / 01.11.2024