Jamiyat | 14:00 / 04.10.2024
2541
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani, Xorazm viloyatining Urganch shahri, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy hamda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Buvayda tumanida fuqaro M.X. inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 6 dona “Tropikamid” va 14 dona “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Urganch shahrida fuqaro J.M. fuqaro M.X.ga 468 ta kapsula kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.    

Oltinsoy tumanida “X.-N.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi X.M. xaridorga kirim hujjatlari bo‘lmagan 250 dona “BENZONAL” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 750 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shayxontohur tumanida “G.P.” MChJga qarashli  dorixona sotuvchisi M.S. xaridorga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 3 quti “BENZONAL” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 170 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid