YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
Videoxosting foydalanuvchilarining yozishicha, qayta tiklangan akkauntlarning ba’zi kanallaridagi videolar butunlay yoki qisman yo‘qolib qolgan.
YouTube videoxostingni xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam hamda firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi. Akkauntlar bilan bog‘liq muammolar haqida dunyoning turli davlatlaridagi foydalanuvchilar 3 oktyabr kuni kechasi ma’lum qildi.
YouTubeʼga egalik qiluvchi Google kompaniyasi ayrim akkauntlarni rostdan ham tasodifan bloklab qo‘yganini tan oldi va ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
«Mutaxassislarimiz o‘chirib yuborilgan barcha kanallarni va pulli obunalarni qayta tiklash ustida ish olib bormoqda. Biz tomonimizdan amalga oshirilgan ushbu xatolikdan qattiq afsusdamiz», — deyiladi kompaniya xabarida.
Mazkur xabar ostiga 300 dan ortiq izoh qoldirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar o‘z akkauntlari qayta tiklanganini, shu bilan birga, ba’zi kanallardagi videolar butunlay yoki qisman yo‘qolib qolganini bildirgan.
Nosozlik nima sababdan yuz bergani noma’lum. «Xabr»da e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Rossiyadagi ayrim foydalanuvchilar VPN’dan foydalanganida akkauntlari bloklangan. Google bunga izoh bermagan. Boshqa davlatlardan bo‘lgan foydalanuvchilar esa o‘z izohlarida VPN’dan foydalanilgani sabab bloklanish yuzaga kelgani haqida hech narsa demagan.
Mavzuga oid
20:53 / 21.11.2024
Google o‘zining Gemini chatbotiga foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini eslab qolish funksiyasini qo‘shdi
17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
22:46 / 18.11.2024
Google pochtani spamlardan himoya qiluvchi yangi funksiyani ishga tushiradi
19:18 / 15.11.2024