O‘zbekistonda dorilarni elektron retsept asosida dorixonalardan bepul olish tartibi tasdiqlandi
Hukumatning 2024 yil 2 oktyabrdagi qarori bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan tegishli yozuvlari mavjud bo‘lgan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo‘yicha uchtagacha dori vositasi ko‘rsatilishi mumkin.
Elektron retseptda birlamchi tibbiy-sanitaniya muassasasi nomi va retsept raqami hamda berilgan sana aks ettirilishi zarur.
Shuningdek, unda bemorning ism-sharifi, JShShIR, tug‘ilgan sanasi bo‘lishi shart. Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kunni tashkil qiladi.
Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so‘ng axborot dasturi orqali jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo‘yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida jamg‘arma tomonidan to‘lab beriladi.
Ma’lumot uchun, Reimbursatsiya — bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini jamg‘arma tomonidan qoplash dasturi.
Nizom qoidalari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024