2023 yilgi qurg‘oqchilik dunyo daryolarining 50 foizini sayozlashtirdi
Shuningdek, yuqori harorat muzliklarning so‘nggi 50 yildagi eng ko‘p erishini ham keltirib chiqardi.
Missisipi va Amazon daryolari 2023 yilda rekord darajada sayozlashdi. Bu haqda BMT Jahon meteorologiya tashkiloti ekspertlari ma’lum qildi. Tegishli hujjat tashkilot veb-saytida joylashtirilgan.
O‘tgan yilgi kuchli qurg‘oqchilik oqibatida Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikaning ko‘plab mintaqalarida daryolar oqimi kamaygan. Malum qilinishicha, 2023 yilgi ob-havo sharoiti 33 yillik kuzatuvlar davomida dunyo daryolari holatiga eng kuchli tasir ko‘rsatgan.
Shunday qilib, uzoq davom etgan issiqlik Gang, Brahmaputra va Mekong daryolari havzalarida suv sathiga ta’sir qildi - u o‘rtacha darajadan pastga tushdi. Umuman olganda, issiqlik barcha suv havzalarining 50 foiziga ta’sir qildi, ularning aksariyatida suv tanqisligi kuzatildi, bu esa qishloq xo‘jaligi va sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
2023 yildagi yuqori harorat ham muzliklarning so‘nggi 50 yildagi eng ko‘p erishini keltirib chiqardi. Oqibatda 600 gigaton suv yo‘qotildi. Bir qator Yevropa va Skandinaviya daryolarining suvliligi ortdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, keyinchalik ularning oqimi sezilarli darajada kamayadi.
Mavzuga oid
11:43 / 25.11.2024
26 noyabr kuni harorat 22 darajagacha ko‘tariladi
11:18 / 25.11.2024
Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lum qilindi
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
17:39 / 23.11.2024