Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Lacetti urib yuborgan shaxs halok bo‘ldi
Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyatida Lacetti urib yuborgan fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
“Mening yurtim” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, Qo‘shtepa tumanidagi serqatnov yo‘llarning birida harakatlanib kelayotgan Lacetti’ning 30 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Mashina yo‘l chetiga chiqib ketib xonadonlardan birining kirish eshigi oldida turgan 57 yoshli fuqaroni urib, darvozaga qisib qo‘ygan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
10:27 / 22.05.2025