Sport | 02:24
9393
2 daqiqa o‘qiladi

RPL. Fayzullayev gol urgan derbida SSKA g‘alabani ilib ketdi

Foto: TsSKA

Rossiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan Moskva derbisida TsSKA «Dinamo» bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani to‘pini kiritdi. 

E’tiborlisi, hisob ochuvchi golga o‘zbekistonlik Abbos Fayzullayev mualliflik qildi.

TsSKA ochkolarini 20 taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra «Dinamo»ni (20, 5-o‘rin) ortda qoldirgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi.

RPL. 11-tur

Dinamo — TsSKA 1:2

6 oktyabr, «VTB Arena»

Gollar: Karraskal (55) — Fayzullayev (17), Musayev (89). 

Dinamo – Lunev, Skopinsev (Marichal, 46), Fernandes, Balbuena, Dasa (Kutitskiy, 64), Laksalt, Artur (Fomin, 46), Bitello, Karraskal (Mauhub , 74), Ngamale, Tyukavin.

TsSKA – Akinfeyev, Moyzes, Villian, Diveyev, Krugovoy (Gayich, 75), Kislyak (Bistrovich, 79), Xelven, Zdelar, Fayzullayev (Musayev, 75), Guarirapa, Oblyakov (Pyanich, 75).

Ogohlantirishlar: Ngamale (62), Kislyak (73), Musayev (89).

Mavzuga oid