Vengriya O‘zbekistonda shaharsozlikda innovatsion yechimlarni taklif qilyapti
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning shahar infratuzilmasi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Kuube Hungary Kft. innovatsion kompaniyasi rahbari Gallay Mate bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda shaharsozlikda innovatsion yondashuv asosida zamonaviy yechimlarini joriy etish va kompaniya mahsulotlarini mahalliylashtirish asosida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish hamda 17-18 oktyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Vengriya biznes-forumida mazkur kompaniya vakillarining ishtiroki muhokama qilindi.
Gallay Mate O‘zbekistondagi ulkan salohiyatni qayd etish barobarida, respublikada kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganishini va uning natijalari asosida ishlab chiqarishni joriy etishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, Qo‘qonda tashkil etilayotgan tadbirlarga qatnashishini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida kompaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini ishlab chiqish va korxona mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish bilan birga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollarini muhokama qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

18:29 / 26.03.2025
Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin

12:27 / 13.03.2025