Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:00 / 08.10.2024
1106
2 daqiqa o‘qiladi
1,8 mingta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi
“O‘zbekiston milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2026 yil 1 dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.
Quyidagilar milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
- xalqaro standartlar asosida Mashg‘ulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini ishlab chiqish va rivojlantirish;
- malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchi talablari asosida ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish;
- yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish;
- milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
- norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (Recognition of Prior Learning) tizimini joriy qilish;
- ko‘nikmalarni prognozlashtirish (skills anticipation), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish (skills needs analysis), ko‘nikmalar bilan bog‘liq kamchiliklarni o‘rganish (skills gap analysis) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:30 / 11.12.2024
O‘zbekiston yoshlari Germaniya tajribasi asosida kasbga o‘qitiladi va ishga joylashtiriladi
13:24 / 26.04.2024
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi
11:51 / 01.04.2024
Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtirilyapti
08:02 / 25.03.2024