Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
Bu AQSh prezidentining 40 yil ichida Germaniyaga birinchi davlat tashrifi bo‘lishi kerak edi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning Germaniyaga 10-12 oktyabr kunlariga rejalangan davlat tashrifi amalga oshmaydi, deb xabar qildi Oq uy matbuot xizmati.
Bu qarorga sabab sifatida dovullar keltirildi - Bayden, matbuot xizmatining ta’kidlashicha, yaqin kunlarda Floridaga yetib borishi kutilayotgan «Milton» to‘foniga tayyorgarlikni, shuningdek, «Helen» dovulidan jabr ko‘rgan shtatlarda tiklanish ishlarining borishini shaxsan o‘zi nazorat qilmoqchi.
Rasmiy bayonotda safar «keyinga surilgani» aytilgan, biroq tashrifning yangi sanasi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Jo Baydenning prezidentlik muddati 20 yanvarda yakunlanadi.
Germaniya birlashgandan beri AQSh prezidentlari hech qachon u yerga davlat tashrifini amalga oshirmagan. Bunday darajadagi tashrif oxirgi marta Jorj Bush tomonidan 1985 yilda Germaniya Federal Respublikasiga qilingan edi. Shundan so‘ng, Amerika rahbarlari Germaniyaga bir necha bor tashrif buyurishdi, ammo bu past darajadagi - rasmiy va ish safarlari edi.
Tashrif davomida Bayden boshqa narsalar qatorida Ramshtayn konferensiyasida ishtirok etishi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi kerak edi.
«Helen» to‘foni oktyabr oyi boshida AQSh janubi-sharqiga yopirildi. Bu 2005 yildagi «Katrina» to‘fonidan keyin materikdagi eng halokatli tabiiy ofat bo‘ldi; 200 dan ortiq odam dovul qurboniga aylandi.
Mavzuga oid
14:54
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
13:52
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
11:10
Merkel memuarida RFga nisbatan siyosatini himoya qilib chiqdi
21:00 / 21.11.2024