Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
LAM muzeyi xodimi fransiyalik ijodkor Alexandre Lavetning «Birgalikda o‘tkazgan barcha yaxshi damlarimiz» nomli asarini chiqindi deb o‘ylab, tashlab yubordi.
Niderlandiyadagi LAM muzeyi xodimi fransiyalik ijodkor Alexandre Lavetning «Birgalikda o‘tkazgan barcha yaxshi damlarimiz» nomli asarini chiqindi deb o‘ylab, tashlab yubordi.
AFP agentligining ma’lum qilishicha, art-obekt pivo uchun mo‘ljallangan ikkita alyuminiy idishdan iborat bo‘lib, rassom akril bo‘yoqlar bilan unga qo‘lda tasvirlar tushirgan. Muzey vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lavet buni yaratish uchun «ko‘p vaqt sarflagan va mehnat qilgan».

LAM’dagilar art-obekt tomoshabinlarni hayratga solishi uchun uni lift kabinasiga joylashtirishga qaror qilgan.
Lavetning ishi muzeyda ko‘rgazmaga qo‘yilgan kunlarning birida nazoratchi Eliza van den Berg tanaffusdan qaytib, bankalar yo‘qolganini sezib qolgan. Oxir-oqibat uni chiqindi qopidan topgan. Aniqlanishicha, muzey chilangari liftda bankalarga duch kelib, uni tashlab yuborgan.
Eliza van den Berg LAM’da yaqindagina ish boshlagan chilangardan xafa emasligini ma’lum qildi. «U shunchaki o‘z vazifasini bajardi. Endi biz art-obekt sarguzashtdan keyin dam olishi uchun uni an’anaviy postamentga o‘rnatdik», — deydi ayol.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025