Jamiyat | 07:20 / 08.10.2024
7761
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida 5 ta transport vositasi - Nexia, 2 ta Lacetti, Spark va Yutong avtobusi to‘qnashdi. 

Foto: YHXB

Toshkent shahar Uchtepa tumanida 7 oktyabr kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

YHXB xabariga ko‘ra, YTH soat 22:10 larda Lutfiy ko‘chasida yuz bergan. Holat ishtirokchilari: Nexia-3 (haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan), Lacetti (1990 y.t.), Lacetti (1984 y.t.), Spark (1994 y.t.), Yutong (1976 y.t.).

To‘qnashuv oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid