Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi o‘zbekistonliklar “Milton” sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirildi
AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi “Milton” to‘foni sabab o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Foto: AP
Ushbu to‘fon sabab AQShning Florida shtati 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi vatandoshlardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
- +1-202-251-8298;
- +1-202-300-9526.
Shuningdek, to‘fon natijasida jabrlanganlar aniqlangan taqdirda, AQShning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘raldi:
- 911 — shoshilinch tibbiy yordam;
- (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990 — Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi;
- 202-646-2500 — umumiy masalalar bo‘yicha;
- +1-800-342-3557 — Florida shtati ko‘mak liniyasi:
- +1-800-729-3413 — Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati.
Mavzuga oid
19:00 / 25.01.2025
Britaniya va Irlandiyada to‘fon tufayli mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
18:50 / 07.12.2024
Irlandiyada «Dara» to‘foni sabab 400 mingga yaqin odam elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024