Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan o‘tkazish tartibi belgilandi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organning vazifalari;
- marketingdan keyingi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
- postmartketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy nazorati.
Postmarketing nazorati vakolatli organ (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM) tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.
Marketingdan keyingi nazorat uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
- vakolatli organ rahbari tomonidan har oyda tasdiqlanadigan marketingdan keyingi nazorat rejasi;
- jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, noqonuniy aylanishi, nojo‘ya ta’sirlari bo‘yicha ma’lumotlar va murojaatlar kelib tushishi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda OAV axboroti va jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalari.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
10:46 / 14.03.2025