Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
G‘uzor tumanida Mercedes-Benz mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Labo ichidagi ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi.
Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, YTH 7 oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan.
Haydovchi B.T. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Labo bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Labo ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025