Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzex Agro platformasi ishga tushirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ilg‘or birja mexanizmlari asosida zamonaviy agrokompleks faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi huzurida tashkil etilgan Agro Exchange MChJning quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:
- aholi xo‘jaliklarida, shuningdek dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin bozor narxlarida sotish imkonini beruvchi Uzex Agro elektron savdo maydonchasining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- platformaning texnik qo‘llab-quvvatlanishini va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni doimiy takomillashtirishni ta’minlash;
- hududlarda qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yerlarni kengaytirish orqali zamonaviy agrokomplekslarni tashkil etish;
- agrokomplekslar atrofida jozibador investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.
2025 yil 1 yanvargacha platforma orqali mahsulot sotish uchun aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan vositachilik haqi olinmaydi.
Qaror bilan Uzex Agro elektron savdo maydonchasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- platformada savdo ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
- operator va platforma ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari;
- e’lonlarni joylashtirish va savdolarni o‘tkazish tartibi.
Mavzuga oid
09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
23:45 / 01.08.2024
Rossiyada YouTube’ning muqobili sifatida yaratilgan platforma ishdan chiqdi - OAV
10:37 / 30.03.2024