Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy 10-11 oktyabrda Parij, Rim va Berlinga tashrif buyuradi
Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha «Ramshtayn» formatidagi aloqa guruhi yig‘ilishi bekor qilinganiga qaramay, Volodimir Zelenskiy Germaniya, Italiya va Fransiyaga keladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 oktyabr kuni Berlinga keladi. Tashrif chog‘ida u Germaniya kansleri Olaf Shols va Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashadi, dedi 9 oktyabr, chorshanba kuni Germaniya hukumati matbuot kotibi.
Avvalroq Zelenskiyning bo‘lajak tashrifi haqida Bild, shuningdek, dpa va Reuters tashrifga tayyorgarlikdan xabardor manbalarga tayanib xabar bergan edi.
Zelenskiy Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi
Shu bilan birga, 10 oktyabr kuni Volodimir Zelenskiy Parijga keladi va uni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qabul qiladi, deya xabar beradi Yelisey saroyi. «Uchrashuv prezidentga Fransiyaning Ukraina va ukrain xalqiga uzoq muddatli istiqbolda va barcha ittifoqchilar bilan birgalikda cheksiz yordam ko‘rsatishda davom etishdagi qat’iyligini yana bir bor tasdiqlash imkoniyatini beradi», — deyiladi bayonotda.
O‘z navbatida, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni idorasi u 10 oktyabr kuni Rimda Zelenskiy bilan uchrashishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Ukraina prezidenti Vatikanda Rim papasi Fransisk tomonidan qabul qilinadi, deya xabar beriladi qo‘shimcha.
Zelenskiyning o‘zi Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan Dubrovnikda o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaga rejalashtirilgan tashrifini ma’lum qildi. U yerda bosh vazir Kir Starmer bilan uchrashadi.
Bayden Germaniyaga tashrifini qoldirdi
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden ikki tomonlama munosabatlar doirasidagi ilk tashrifi uchun 10 oktyabr kuni Berlinga uchishi rejalashtirilgan edi. 8 oktyabr kuni Vashington Baydenning safari «Milton» to‘foni tufayli qoldirilganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan Amerika prezidentining Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari rahbarlari bilan rejalashtirilgan uchrashuvlari, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha «Ramshtayn» formatidagi aloqa guruhining uchrashuvi bekor qilingan.
Germaniya hukumati, xususan, Baydenning tashrifi bekor qilingani sababli Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Germaniyaga kelmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025