Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor ko‘rinish berdi
Tom Fillips ismli erkak rafiqasi bilan janjallashib qolganidan keyin uch nafar farzandi bilan uyidan chiqib ketgan va hozirga qadar uning qayerda ekani noma’lum.
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan yovvoyi g‘oyib bo‘lgan ota ilk bor ommaga ko‘rinish berdi, deb yozadi BBC.
Tom Fillips 2021 yil dekabrda rafiqasi bilan janjallashib qolganidan keyin Ember (8 yosh), Maverika (9 yosh) va Jaydu (11 yosh) ismli uch nafar farzandini olib, uydan chiqib ketgan. Politsiyaning taxminicha, u oroldagi Vaykato hududiga joylashgan — erkakning qayerda ekani haqida biror ma’lumot berganlarga 37,2 ming funt sterling va’da qilingan.
O‘tgan hafta bir guruh o‘smirlar o‘z telefonlariga noma’lum shaxslarni tasvirga olgan. Yangi Zelandiya OAVga ko‘ra, o‘smirlar qidiruvda bo‘lgan bolalarning biri bilan gaplashishgan. Ularning aytishicha, uzun soqol qo‘yib olgan Fillipsning yonida qurol bo‘lgan, bolalar esa niqob taqqan holda harakatlangan.
Mamlakat politsiyasi ushbu ma’lumotni «ishonchli» deb atab, bolalarning qarindoshlari uchun bu yaxshi yangilik ekanini bildirdi.
Huquq-tartibot idoralarining ma’lum qilishicha, bolalar oxirgi uch yildan beri boshqa odamlar bilan muloqot qilmagan va hech qanaqa ta’lim olmagan. «Bizningchi, Tom va uning farzandlariga kimlardir yordam ko‘rsatmoqda. Shu bois ushbu insonlarni bunday qilmaslikka, to‘g‘ri yo‘l tutib, politsiyaga murojaat qilishga chaqiramiz», — deydi detektiv-inspektor Endryu Sonders.
O‘tgan yili Fillipsni hibsga olishga order berilgan, u Shimoliy oroldagi kichik shaharda joylashgan bankni o‘marishga aloqadorlikda gumonlangan. Politsiyaga ko‘ra, mazkur holatni o‘rganish davrida uning qurollangan sherigi ham bo‘lgani aniqlangan.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024