O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptalari bir necha soatga yetmay sotib bo‘lingani ma’lum qilindi
JCh-2026 saralash bosqich 4-turi doirasida 15 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotib bo‘lindi. Bu haqda iticket saytida ma’lum qilingan.
Kecha, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Eron (0:0) uchrashuvidan keyin bugun, 11 oktyabr kuni sotuvga chiqarilgan O‘zbekiston - BAA uchrashuvi chiptalari bir necha soat ichida sotib bo‘lingan. Xususan, O‘FA matbuot xizmati O‘zbekiston – BAA uchrashuvi chiptalari sotuvi iticket sayti orqali amalga oshirilayotgani haqida soat 19:34da ma’lumot bergach, 40 mingdan 500 ming so‘mgacha narxlangan chiptalar ko‘p o‘tmay sotib bo‘lingan. Har holda, iticket saytida o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar tugagani haqida ma’lum qilingan. 34 ming sig‘imli o‘yingohdagi chiptalarning qanchasi sotilgani ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Eron uchrashuvidan bir kun avval Kun.uz va Tribuna.uz muxbirlari «Bunyodkor» stadioni kassasi oldidan reportaj qilib, muxlislar yopiq kassa oldida navbatda turgani, chayqovchilar qo‘lida esa chiptalar bir necha baravar qimmat narxda sotilayotganiga guvoh bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024