Jahon | 19:46 / 11.10.2024
15966
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda iPhone ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari hibsga olindi

Ular Foxconn Technology Group kompaniyasi tomonidan boshqariladigan ishlab chiqarish majmuasida faoliyat yuritib kelgan.

Foto: AFP

Tayvandagi Apple qurilmalari ishlab chiqariladigan korxonaning to‘rt nafar xodimi mahalliy hukumat tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Qayd etilishicha, mutaxassislar Tayvanning Foxconn Technology Group kompaniyasi tomonidan boshqariladigan ishlab chiqarish majmuasida faoliyat yuritib kelgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, ular ishonchni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlikda ayblanmoqda, ammo aynan qanday ayblov qo‘yilayotgani ma’lum emas.

Tayvanning Materik masalalari bo‘yicha kengashi Foxconn bayonotidan iqtibos keltirib, kompaniya o‘z xodimlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq holatdan moliyaviy zarar ko‘rmaganini aytdi. Chjyenchjou iPhone qurilmalarini yetkazib berishda muhim zanjir vazifasini bajaradi. Idoradagilar ushbu ayblovni «g‘alati» deb atab, noqonuniy hibsga olish ishlari investorlarning Xitoyga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, kengash Xitoy hukumatini ushbu masalani zudlik bilan shaffof tarzda ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Iyun oyida kengash Tayvan fuqarolarining Xitoyga safarlari xavfi darajasini ko‘targan edi — majburiy bo‘lmagan safarlardan tiyilish tavsiya qilingan. Pekin tomonidan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning kuchaytirilishi tayvanliklarning noqonuniy ravishda qo‘lga olinishi yoki so‘roq qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Idora ushbu chorani Xitoy «Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga» qarshi yangi normalar joriy etgani sabab qabul qilishga majbur bo‘lgan — ularga o‘lim jazosigacha bo‘lgan choralar tahdid solmoqda. Straits Exchange Foundation fondi vakillari Foxconn va qo‘lga olinganlarning oilalari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.

2023 yilda Xitoy soliq va yer idoralari Foxconn asoschisi Terri Gou Tayvan prezidentligi lavozimi uchun nomzodini qo‘yishga uringanidan keyin kompaniyaga nisbatan ish ochish tashabbusi bilan chiqqandi. Natijada Xitoydagi provinsiyalardan birining soliq boshqarmasi kompaniyaga kichikroq miqdorida jarima belgilagan. Xitoydagi xorij kompaniyalari xodimlarning qo‘lga olinishidan tashvishda.

Mavzuga oid