O‘zbekiston | 07:50 / 12.10.2024
3142
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai Rotem O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishi mumkin

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Hyundai Rotem kompaniyasining Global Rail Group rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar zamonaviy elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi yuzasidan fikr almashdi.

Janubiy Koreyaning Korail kompaniyasi tomonidan bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan elektropoyezdlarning asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish, takliflarni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish hududlarini ko‘zdan kechirishni kelishib olishdi.

Mavzuga oid