Jahon | 13:35
798
3 daqiqa o‘qiladi

London 37 kompaniyani RF neftiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda gumon qilmoqda

Britaniya rasmiylari 52 kompaniyaga nisbatan surishtiruv boshladi. Ulardan 37 tasiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Karachi Port Trust/AP/picture alliance

Buyuk Britaniya hukumati 37 kompaniyani Rossiya neftiga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etganlikda gumon qilmoqda. Ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qildi Britaniyaning VVS media kompaniyasining rus xizmati 11 oktyabr, juma kuni.

2022 yil dekabr oyida Rossiya neftining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga dengiz orqali yetkazib berilishiga embargo, shuningdek, Rossiyadan neftning bir barreliga 60 dollarlik narx chegarasi kuchga kirdi. Bu qarorlar Ukrainadagi urushni davom ettirayotgan Rossiyaning daromadlarini kamaytirish maqsadida qabul qilingan, biroq ayni paytda narxlarning ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun jahon bozoriga Rossiya ta’minotini saqlab qolish ko‘zda tutilgan.

2022 yil dekabrida Buyuk Britaniya Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash byurosi (OFSI) Rossiya neftini dengiz orqali import qilish taqiqini buzganlikda gumon qilingan 52 kompaniyaga nisbatan tergov boshladi. Joriy yilning mart oyida OFSI sanksiyalar rejimini ta’minlash uchun qo‘shimcha 50 million funt (taxminan 60 million yevro) oldi.

London Rossiyaning STG sektoriga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Britaniya Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportiga qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi. 26 sentabr kuni London Rossiya STGsini tashish bilan shug‘ullanuvchi beshta kema va ikki kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi. Britaniya hukumati to‘g‘ridan to‘g‘ri suyultirilgan gaz tashuvchi kemalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash uchun yangi qonuniy variantlardan foydalanayotganini aytdi.

Yangi choralar «Arktik SPG 2» loyihasiga qarshi qabul qilingan sanksiyalarni davom ettirmoqda

Londonda ta’kidlanganidek, yangi choralar Rossiyaning «Arktik SPG 2» suyultirilgan gaz yetkazib berish loyihasiga nisbatan ilgari qabul qilingan sanksiyalarga asoslanadi, ular Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan birgalikda joriy etilgan. «Bu loyiha keyinchalik ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘ldi», — deyiladi bayonotda. Yangi sanksiyalar «Rossiyada energiya ishlab chiqarish kelajagi uchun muhim bo‘lgan loyihalarga» qaratilgan, deb tushuntirdi Britaniya hukumati.

Sanksiyalar ro‘yxatiga White Fox Ship Management va Ocean Speedstar Solutions OPC kompaniyalari, shuningdek, Asya Energy, Pioneer, North Sky, SCF La Perouse va Nova Energy kemalari kiradi.

Mavzuga oid