O‘zbekiston | 12:36 / 13.10.2024
3061
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilning 8 oyida O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi

O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga qariyb 1 mlrd dollarlik yengil avtomobillar import qilingan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 48 055 dona yengil avtomobil import qilingan.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 352 donaga oshgan. Import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 912 mln dollarga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonga 2024 yilning 8 oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 38 085 ta

— Koreya – 8 729 ta

— AQSh – 622 ta

— Yaponiya – 139 ta

— Germaniya – 104 ta

Mavzuga oid