Jahon | 14:44 / 13.10.2024
6411
4 daqiqa o‘qiladi

Dollar mustahkamlandi, asosiy kriptoaktivlar tebranishda davom etyapti - xalqaro moliya bozori sharhi

Dollar indeksi ko‘tarilishi fonida boshqa bir qator valutalar qadrsizlandi. Hafta davomida oltin qimmatlashdi, mis alyuminiy va kumush arzonlashdi. Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi ortidan neft narxi yana osha boshladi.

Foto: AFP

Moliya bozorlari navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Joriy hafta doimgiday bozorlar uchun muhim voqealarga boy bo‘ldi. Chorshanba kuni ommaga taqdim qilingan FOMC bayonnomasiga ko‘ra, AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) joriy iqtisodiy holatda o‘zini yaxshi his qilyapti. Inflatsiya 2 foizlik ko‘rsatkichiga yaqinlashib qolganiga katta ishonch tufayli yumshatish siyosatining birinchi qadami sifatida aksariyat amaldorlar agressiv, ya’ni 0,5 foizlik pasaytirishni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq bu qaror o‘z oqibatini uzoq kuttirib qo‘ymadi. Payshanba kuni e’lon qilingan AQSh iste’mol narxlari indeksiga ko‘ra, sentabr oyida inflatsiya avvalgi oyga nisbatan ko‘tarilib, 3,3 foizni tashkil etgan. Xuddi shunday holat AQSh ishlab chiqaruvchilari indeksida ham qayd etilgan. Sentyabr oyida indeks 0,1 foizga ko‘tarilishi natijasida 2,8 foizni tashkil etgan.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5815 (hafta boshidan +1,11 foiz, yil boshidan +21,91 foiz);
  • NASDAQ – 18342 (hafta boshidan +1,13 foiz, yil boshidan +22,19 foiz);
  • DJI – 42863 (hafta boshidan +1,21 foiz, yil boshidan +13,73

foiz).

Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 511 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 205 va 64 punktga ko‘tarildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2657 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,14 foiz, yil boshidan +28,81 foiz;
  • Kumush – 31,52 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -2,07 foiz, yil boshidan +32,57 foiz.
  • Alyuminiy – tonnasi 2633 dollar (hafta boshidan -0,97 foiz; yil boshidan +11,35 foiz);
  • Mis – 4,47 dollar (hafta boshidan -1,55 foiz; yil boshidan +15,87 foiz)

Qimmatbaho metallar esa makroiqtisodiy ma’lumotlar va geosiyosiy tig‘izliklar fonida turli natijalar qayd etdi. Kumush, alyuminiy va mis hafta davomida mos ravishda 0,67 dollar, 25,9 dollar va 0,07 dollarga pasaydi. Oltin esa 3,76 dollarga qimmatlashdi.

Neft

  • WTI – 75,44 dollar (hafta boshidan +1,41 foiz, yil boshidan +5,82 foiz);
  • BRENT – 78,85 dollar (hafta boshidan +1,02 foiz, yil boshidan +2,35 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 1,05 dollarga, BRENT esa 0,8 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: -0,35 foiz (yil boshidan -0,93 foiz);
  • CNY/USD: +0,70 foiz (yil boshidan -0,44 foiz);
  • TRY/USD: -0,02 foiz (yil boshidan +16,21 foiz);
  • UZS/USD: 0 foiz (yil boshidan +3,86 foiz);
  • RUB/USD: +0,88 foiz (yil boshidan +7,24 foiz).

Hafta savdolarida yevro, rubl va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 0,35 foiz, 0,88 foiz va 0,7 foizga pasaydi. Lira 0,02 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, so‘m kursi o‘zgarmadi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 62446 dollar (hafta boshidan -0,59 foiz, yil boshidan +47,25 foiz);
  • Ethereum – 2438 dollar (hafta boshidan -0,08 foiz, yil boshidan +6,82 foiz).

Asosiy kriptovalutalar AQShda foiz stavkasi tushirilganiga qaramay pasayishda davom etyapti. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 0,59 va 0,08 foizga arzonlashdi.

Bozorlar haqida qisqacha

Sentyabr oyidagi FOMC majlisi natijasida foiz stavkasi 0,5 foizga pasaytirilishi moliya bozorlariga ijobiy ta’sir etishiga qaramay, oktyabr oyida e’lon qilinayotgan makroiqtisodiy ma’lumotlarda o‘z izini qoldirayotganini kuzatishimiz mumkin. Iste’mol narxlari indeksi 2023 yil mart oyidan beri birinchi marta 3,3 foizgacha ko‘tarildi, ishsizlik nafaqasiga da’vo qoldirganlar soni esa 258 ming kishiga yetdi. Sentyabr oyidagi bandlik hisoboti keskin pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, bu FZT uchun yomon signal bo‘lishi mumkin.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

 

Mavzuga oid