Namanganda chiqindi tashish tashkiloti aholidan 11 mlrd oshiqcha pul olgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi tomonidan aholidan olingan oshiqcha pullarni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.
Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, aholidan tushayotgan murojaatlar bo‘yicha qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MChJning 2024 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida, MChJning Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Mingbuloq tumanlari MFYlardagi iste’molchi abonentlar-xonadonlariga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha olingan dalolatnomalar tahlil qilingan.
Shunda Namangan viloyatning 6 ta hududida joylashgan 275 ta MFYda 1,3 millionga yaqin aholi yashasa-da, tashkilot tomonidan hududda 176 ta MFYdagi 633 598 nafar aholi qamrab olinmagani hamda 762 512 nafar iste’molchiga 11 mlrd so‘m ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MChJga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
MChJga 762 512 nafar iste’molchi foydasiga 11 mlrd so‘mni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024