Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan YTHda piyoda halok bo‘ldi
Toyota Prado mashinasi yo‘lni kesib o‘tish uchun uning qatnov qismiga yugurib chiqqan piyodani urib yuborgan.
A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 11 oktyabr kuni soat 05:45 larda Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumani hududidagi qismida ro‘y bergan.
38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Toyota Prado mashinasi yo‘lning belgilanmagan joyidan qatnov qismiga yugurib chiqqan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, 27 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

08:06
Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

13:41 / 06.05.2025
Farg‘onada Nexia 3 va Tico to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

23:43 / 05.05.2025