Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aerokosmik texnologiyalar orqali aniqlanadi
Davlat kosmik monitoringi iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshiradi.
«2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
- o‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
- geologiya sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
- mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
- suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
- qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o‘rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.
2025 yil 1 martdan yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil «Geomonitoring» axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:26 / 25.03.2025
Kadastr agentligi: “O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazishda muammolar bor”
12:29 / 24.02.2025
Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi o‘zgardi
15:07 / 11.02.2025
NHH ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi
16:32 / 04.02.2025