Jahon | 09:30 / 16.10.2024
1644
2 daqiqa o‘qiladi

Pozdnyakov RF Olimpiya qo‘mitasi rahbari lavozimini tark etyapti

ROQ rahbari iste’foga chiqish qarorini «faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, katta yutuqlar bo‘yicha sportni boshqarishni optimallashtirish» zarurati bilan izohladi.

Stanislav Pozdnyakov Foto: Bulkin Sergey / news.ru / Global Look Press

Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) prezidenti Stanislav Pozdnyakov 15 oktyabr, seshanba kuni o‘z lavozimini tark etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Rossiya Ijroiya qo‘mitasi 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishda mening taklifimni (iste’foga chiqish to‘g‘risida) qo‘llab-quvvatlaydi va yangi rahbariyatga navbatdan tashqari saylov o‘tkazish bo‘yicha Olimpiya qo‘mitasi yig‘ilishi sanasini belgilaydi», — deyiladi rossiyalik sport funksionerining ROQ saytida e’lon qilingan yozma bayonotida.

«O‘sha paytgacha tashkilot rahbari, Ijroiya qo‘mitasi va ROQ apparati o‘z vazifalarini to‘liq bajarishda davom etadi», — deyiladi hujjatda.

Stanislav Pozdnyakov iste’foga chiqish qarorini Rossiya duch kelayotgan geosiyosiy muammolar «faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, katta yutuqlar sportini boshqarishni optimallashtirish va markazlashtirish zarurligini taqozo qilayotgani» bilan izohladi.

Pozdnyakov qilichbozlik bo‘yicha to‘rt karra Olimpiya chempioni, o‘n karra jahon chempioni va o‘n uch karra Yevropa chempioni. U 2018 yildan buyon ROQ rahbari lavozimini egallab kelmoqda. 2016 yilda Stanislav Pozdnyakov tashkilotning birinchi vitse-prezidenti etib saylangan edi, deb eslatadi «Interfaks» agentligi.

Mavzuga oid