Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik 6 kishi halok bo‘ldi
Yana to‘rt kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Ular Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
16 oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastida sodir bo‘lgan ayanchli YTH oqibatida O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari shifoxonaga yotqizildi.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, Jac rusumli yengil avtomobil chegaradagi o‘tish joyida, yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga kelib urilgan.
«Mashinada jami 10 kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Beyneu rayonidagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga kerakli muolajalar to‘liq hajmda ko‘rsatilmoqda. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi», — deya xabar bergan Mang‘istau oblasti ichki ishlar boshqarmasi.
Qurbonlar va jabrlanganlarning barchasi Jac avtomobilida bo‘lgan.
YTH qatnashchilari bo‘lgan avtomobillar O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan hamda halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Ular Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulligiga xabar berilgan.
Mavzuga oid

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025