«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» rahbari «O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi bo‘ldi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tashkiloti bosh direktori bo‘lgan Sharofiddin Qodirov «O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

Foto: O‘TY
«O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi lavozimiga Sharofiddin Qodirov tayinlandi. U bungacha «O‘zbekiston temiryo‘llari» tarkibidagi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tashkiloti bosh direktori edi.
Qodirov shu vaqtgacha kompaniyaning bosh muhandisi lavozimida ishlagan Husniddin Hosilovning o‘rnini egalladi.
Avvalroq, H.Hosilov o‘z arizasiga binoan ishdan ketgani xabar qilindi. Shuningdek, u o‘tgan yili kompaniya raisi lavozimida ishlagan vaqtida tizimda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani ortidan ishdan olingandi.
Mavzuga oid

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

20:30 / 13.12.2024
“Chegirma bor, chipta yo‘q” - talabalar poyezdlarga chegirmali chiptalar qolmaganidan norozi

18:38 / 03.06.2024
Shavkat Mirziyoyev poyezd va samolyotlar uchun chipta topib bo‘lmasligini tanqid qildi

15:21 / 19.05.2024