Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi
Denov tumanida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi.
Bugun, 18 oktyabr kuni tungi soat 01:30 lar atrofida Surxondaryo viloyati Denov tumani Olovuddin mahallasi hududidan o‘tuvchi katta bosimli gaz quvuriga avtomobil kelib urilgan.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, buning natijasida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi.
Hodisa oqibatida tumandagi 3 950 ta xonadon va 20 ta yirik iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi.
Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan hamda yaqin vaqtlar ichida ta’minotni tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025