Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
Ko‘p miqdordagi ko‘mir ombor mudiri tomonidan ko‘mirfurushlarga sotib yuborilgan.
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida aholiga va ijtimoiy obektlarga tarqatilishi kerak bo‘lgan ko‘mir talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.M. “Erkinlik” MFYdagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 100 tonna ko‘mirni fuqaro A.A.ga 100 mln so‘mga sotishga kelishib, shu hisobidan 5 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, “Ko‘mir ta’minot” MChJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. aholi va ijtimoiy soha obektlarini isitish uchun olib kelingan 447,2 mlnlik 1 470 tonna ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborgan.
Jumladan, 2023 yilning sentabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M.ga 180 tonna ko‘mirni 120 mln so‘mga sotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:50
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024