Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
Dollar indeksi ko‘tarilishi fonida boshqa bir qator valutalar qadrsizlandi. Hafta davomida oltin va kumush qimmatlashdi, mis va alyuminiy arzonlashdi. Yil boshidan beri oltin narxining oshishi qariyb 32 foizga yetdi, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi esa 4,11 foizni tashkil qilyapti.
Hafta davomida FZT amaldorlari iqtisodiy rivojlanish va umumiy holat bo‘yicha bayonotlar berishdi. Ta’kidlanishicha, iqtisodiyot ular istagan dinamikada davom etyapti. Bundan tashqari, iqtisodiy holat bir zumga tebranuvchanlik va tartibsizlik yo‘lagiga kirish ehtimoli mavjud va bu nazoratda bo‘ladi. Payshanba kuni e’lon qilingan chakana savdo ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida o‘sish sur’ati saqlanib, prognozdan yuqoriroq ko‘rsatkich, ya’ni 0,4 foizni tashkil etgan. Dastlabki ishsizlar da’volari ham bu hafta biroz bo‘lsa-da, yaxshiroq statistika ko‘rsatdi va avvalgi haftaga nisbatan kamayib, 241 minggacha pasaygan.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 14 oktyabrdan 18 oktyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5864 (hafta boshidan +0,85 foiz, yil boshidan +22,95 foiz);
- NASDAQ – 18489 (hafta boshidan +0,8 foiz, yil boshidan +23,17 foiz);
- DJI – 43275 (hafta boshidan +0,96 foiz, yil boshidan +14,82 foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 412 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 146 va 50 punktga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2721 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +2,41 foiz, yil boshidan +31,92 foiz;
- Kumush – 33,7 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +6,89 foiz, yil boshidan +41,71 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2605 dollar (hafta boshidan -1,07 foiz; yil boshidan +11,35 foiz);
- Mis – 4,37 dollar (hafta boshidan -2,23 foiz; yil boshidan +13,29 foiz).
Qimmatbaho metallar geosiyosiy tig‘izliklar fonida turli natijalar qayd etdi. Alyuminiy va mis hafta davomida mos ravishda 28,1 dollar va 0,10 dollarga pasaydi. Oltin va kumush 64,09 dollar va 2,17 dollarga qimmatlashdi.
Neft
- WTI – 68,78 dollar (hafta boshidan -8,83 foiz, yil boshidan -3,53 foiz);
- BRENT – 78,85 dollar (hafta boshidan +1,02 foiz, yil boshidan +2,35 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 6,66 dollarga, BRENT esa 5,71 dollarga arzonlashdi.
Valutalar
- USD/EUR: -0,64 foiz (yil boshidan -1,56 foiz);
- CNY/USD: +0,49 foiz (yil boshidan +0,05 foiz);
- TRY/USD: +0,10 foiz (yil boshidan +16,33 foiz);
- UZS/USD: 0,23 foiz (yil boshidan +4,11 foiz);
- RUB/USD: +0,89 foiz (yil boshidan +8,20 foiz).
Hafta savdolarida yevro, rubl va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 0,64 foiz, 0,89 foiz va 0,49 foizga, lira va so‘m esa 0,1 foiz va 0,23 foizga pasaydi.
Kriptovaluta
- Bitcoin – 68398 dollar (hafta boshidan +9,22 foiz, yil boshidan +61,28 foiz);
- Ethereum – 2641 dollar (hafta boshidan +6,97 foiz, yil boshidan +15,71 foiz).
Asosiy kriptolar AQSh prezidentlik saylovlari fonida ko‘tarilishi qayd etildi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 9,22 va 6,97 foizga qimmatlashdi.
Bozorlar haqida qisqacha
FZTning moliya bozorlariga katta ta’sir o‘tkaza olishini sentabr oyidagi foiz stavkalarining pasaytirilishi ham isbotladi. FOMC yig‘ilishi natijasida stavka 0,5 foizga pasaytirilishi bozorlarni o‘sha paytda aktual bo‘lgan qulashdan saqlab qoldi. Biroq geosiyosiy muammolar, AQShning to‘xtamay o‘sib borayotgan davlat qarzi, sanksiyalar va hokazolar moliya bozorlari uchun katta xavf sifatida hali ham saqlanib qolyapti. Shularni inobatga olgan holda, risklarni qattiq nazoratda ushlashga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 14 oktyabrdan 18 oktyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Mavzuga oid
11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:37 / 06.09.2024