Energetika vazirligi joriy yilda ishlab chiqarilgan «yashil energiya» miqdori haqida ma’lumot berdi
Hozirda O‘zbekistonning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi «yashil» energiya ishlab chiqarayotgani aytilmoqda.
Joriy yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 oktyabr soat 12:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024 yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd kVt soatni tashkil qilgan.
Ushbu «yashil» elektr stansiyalar tomonidan 2024 yil 31 mayga qadar 1 mlrd kVt soat, 2024 yil 30 avgust holatiga ko‘ra esa 3 mlrd kVt soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
«Bugun soat 12:00 da mamlakatimizdagi barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori joriy yil boshidan 4 mlrd kVt soatni tashkil qildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shundan quyosh elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 493,6 mln kVt soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 506,4 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Buning natijasida:
- 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgan;
- atmosferaga 1 mln 680 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olingan.
Ta’kidlanishicha, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 mln xonadonning 10 oylik yoki 1 mln 666 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari 2022 yilda 434 mln kVt soat, 2023 yilda esa 576,9 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.
Mavzuga oid
15:18 / 20.11.2024
Yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalari bo‘yicha mobil ilova ishga tushirildi
10:56 / 20.11.2024
O‘zbekistonda uch yilda 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi
16:56 / 16.11.2024
«Ham mas’uliyat, ham javobgarlik belgilandi» - energetika vaziri
18:36 / 15.11.2024