Jamiyat | 13:38 / 21.10.2024
3811
1 daqiqa o‘qiladi

812 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Jizzax shahridagi “L.F.I” MChJ rahbari J.O. jamiyatga qarashli mehmonxonani o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga ulagan. Oqibatda 812,9 mln so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Mavzuga oid