Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Malayziya bilan SI sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatadi
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati Kuala-Lumpur shahridagi Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mazkur universitet hammuassisi va bosh direktori Parmjit Singx bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur ta’lim dargohi bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida O‘zbekiston davlat universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Parmjit Singx O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan axborot kommunikatsiyalari, raqamli texnologiyalar, kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida ta’lim dasturlarini tashkil etish, qo‘shma fakultet ochish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligini alohida ta’kidladi. Bu borada O‘zbekistonning yetakchi universitetlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida xorij tomoni bilan sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev, shuningdek, universitetning kiberxavfsizlik, moliyaviy monitoring va menejment, ma’lumotlarni boshqarish kabi qator sohalarda real vaqt rejimida talabalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan raqamli texnologiyalarning eng zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
18:15 / 20.05.2025