Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada o‘zbekistonlik talabalar uchun haq to‘lanadigan stajirovka tashkil etiladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Polshaga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Polshadagi yirik sabzavot yetishtiruvchi xolding kompaniya - Green Crops ofisida bo‘lib, korxonaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Kompaniya direktori Adam Rujitski bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mahalliy ho‘l meva-sabzavotlarini Polshaga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida 2025 yil may-oktyabr oylarida Polshadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda O‘zbekistonning agrar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun haq to‘lanadigan stajirovkalarni tashkil etish borasida aniq kelishuvga erishildi. Bu stajirovkalar bilan bog‘liq barcha harajatlar Green Crops kompaniyasining maxsus grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston vakillari Tsexanuv shahridagi Ignatsiy Mossitskiy nomidagi Amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashdilar. Unda O‘zbekistondagi agrar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025