O‘zbekiston | 12:00 / 22.10.2024
2029
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

XDP g‘oyalari uyma-uy targ‘ib qilinmoqda

Xalq demokratik partiyasining Jizzax viloyati  faollari hamda nomzodlari saylovchilar bilan faol muloqotni yo‘lga qo‘yishmoqda. Deputatlikka nomzodlar mahalla guzarlari, aholi turar joylari, xonadonlarda bo‘lib, partiya g‘oyalari, maqsadlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini tushuntirmoqda.

Foto: XDP

O‘zXDP Saylovoldi dasturidan barcha uchun malakali tibbiy xizmat imkoniyatlarini yaratish, xususan, keksalar va onkologik kasallar uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini ta’minlashga qaratilgan xospis tizimini rivojlantirish va “Xospis xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi o‘rin olgan.

JSSTning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, agarda keksalik davrida yetarli darajada e’tibor va sog‘lig‘ining yaxshi darajasi ushlab turilsa, keksa yoshdagilar ham yoshlar kabi sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

Keksalik davrida surunkali kasalliklar, ularning asoratlaridan tashqari onkologik kasalliklarni rivojlanish xavfi ham ko‘payadi, shu sabab keksalik davri umr davomiyligi ortib borayotgan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar e’tiborining markazida bo‘lib qolmoqda.

Mazkur yo‘nalishning dolzarbligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojmand aholi uchun jiddiy muammolar kelib chiqishini ko‘zda tutgan holda, O‘zXDP keksalar va onkologik kasallar uchun xospis tizimini rivojlantirish va “Xospis xizmati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish masalasini Saylovoldi dasturida ilgari surmoqda.

Shuningdek, partiyaning saylovoldi dasturida Kredit mexanizmlarini ijtimoiy adolat prinsipiga muvofiqlashtirish, garovga qo‘yilgan mulkni kredit olgan shaxsga o‘ziga qulay narxda sotish imkonini berish taklifi ham bor. Dunyo davlatchiligi, kuchli jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlashdek umuminsoniy g‘oyalarga tayanayotgan bir vaqtda kredit mexanizmlarini ham maqbullashtirish ijtimoiy adolat tamoyillariga juda mos keladi.

 

Mavzuga oid